02.04.2021

Toshkent shahar YXXB xodimi kapitan Sarvar Matyoqubov tomonidan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Bugun 02 aprel kuni Toshkent shahar YXXB xodimi kapitan Sarvar Matyoqubov tomonidan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Kapitan Sarvar Matyoqubov hozirgi vaqtda mamlakatimizda olib borilayotgan islohatlar, yo‘l harakati havfsizligi sohasida amalga oshirilayotgan tadbirlar haqida ma’lumot berib, o‘quvchilarga yo‘l harakati qoidalari, haydovchilik va yo‘lovchilik odobi, madaniyati haqida batafsil ma’lumotlar berdi. Shuningdek, kapitan Sarvar Matyoqubov o‘quvchilar bilan, savol jabovlar o‘tkazib, ularni yo‘l harakati qoidalariga e’tiborli bo‘lishga va ularga to‘liq amal qilishga chaqirdi. Tadbirda mavzuga oid xujjatli film namoyish etildi.

Shuningdek 2 aprel kuni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi kafedrasi katta o‘qituvchisi, iqtisod fanlari nomzodi Gulnora Gulyamova tomonidan akademik litseyning 201-guruhida mahorat darsi o‘tkazildi.

Izoh qoldirish

Izohlar