23.02.2021

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi akademik litseyi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi akademik litseyi haqida

MA’LUMOTNOMA

Akademik litsey O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 06 maydagi 224 sonli qaroriga asosan tashkil etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent islom universiteti rektorining 2000 yil 20 iyundagi №01-25 -sonli buyrug‘iga asosan Toshkent islom universiteti qoshidagi akademik litsey maqomi berilgan.

Qayta tashkil etilganligi yoki yangi qurilganligi to‘g‘risida ma’lumot: Akademik litsey 2018 yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 2018 yil 16 apreldagi PF-5416 sonli Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 22 iyundagi O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi faoliyatini tashkil etish va qo‘llab quvvatlash to‘g‘risida” gi 466-sonli qaroriga asosan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tuzilmasi tarkibiga kiritilib, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi akademik litseyi nomi berilgan.

Akademik litsey manzili: Toshkent shahri, Shayxontoxur tumani,Samarqand darvoza ko‘chasi 60-uy;


O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi akademik litseyi yangi turdagi o‘quv muassasi bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ga muvofiq, Davlat ta’limi standartlariga mos ravishda faoliyatini ko‘rsatadi.

Litseyda “Xorijiy filologiya” yo‘nalishlari bo‘yicha chuqur bilim olish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. O‘quv xonalari zamonaviy o‘quv-texnik vositalari bilan jixozlangan.

Darslar turli fanlarga ixtisoslashgan xonalarda zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida olib boriladi. Barcha o‘quv xonalari kompyuter, videoproyektor va televizorlar bilan jixozlangan.

O‘quvchi yoshlarning mustaqil ta’lim olishlari uchun akademik litsey axborot resurs markazida yetarlicha o‘quv va badiiy adabiyotlar hamda elektron nus'halari mavjud.

Akademik litseyda doimiy ravishda o‘quvchi yoshlarni xalqimizning urf-odatlari, an’analari va tarixiga bo‘lgan hurmat, gumanizm va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga yo‘naltirilgan turli hil tadbirlar o‘tkazib boriladi.

Izoh qoldirish

Izohlar

31.08.2021 17:51
.....
31.08.2021 15:52
Imtihon javoblari aytiladimi
31.08.2021 15:50
Imtihon