29.09.2021

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi akademik litseyida 1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tantanali bayram tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirni O‘zXIA rektori Muzaffar Murotovich Komilov ustozlarga  yo‘llagan tabrigi bilan bilan ochib berildi. Tadbir mehmoni O‘zbekistonda xizmat kursatgan artist O'zbek drama teatri aktrisasi Ra’no Yarashova so‘zga chiqib, o‘qituvchilarni bayram bilan tabrikladi.  

 

 

Tadbir davomida o‘quvchilar ishtirokida sahna ko‘rinishlari, she’r va g‘azallar ijro qilindi. 

 

 

 Bayramni ko‘tarinki ruhda davom ettirish uchun hushovoz xonanda Dilshodbek Jalilov o‘z qo‘shiqlari bilan tadbir ishtirokchilari va o‘qituvchilarga hush kayfiyat bag‘ishladi.  Bayram tadbiri so‘ngida O‘zXIA akademiyasi prorektori - akademik lisey direktori I.Usmonov ustozlarni tabriklab, Akademiya tomonidan berilgan esdalik sovg‘alari bilan tabrikladi.

Izoh qoldirish

Izohlar