27.09.2021

Bugun 27- sentyabr 2021 yil O‘zXIA akademik litseyida 1-kurs o'quvchilari va ularning ota - onalari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Bugun 27- sentyabr 2021 yil O‘zXIA akademik litseyida  Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi “Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4910-son Qarori, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 23 martdagi “Аkademik litseylarga umumiy oʼrta taʼlim maktablari oʼquvchilarini tanlab olish, oʼqishga qabul qilish, ularning oʼqishini koʼchirish va oʼqishdan chetlashish tartibi toʼgʼrisida” gi 212 – sonli Qarori hamda Oʼzbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 24 sentyabrdagi 02/11-24/09-88 – sonli xatiga asosan, akademik litseyda yangi 2021/2022-o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʼtgan  9-sinf bitiruvchilari, akademik litseyning Horijiy filologiya (arab tili) yo’nalishiga oʼquvchilar safiga qabul qilinishi bo'yicha tantanali tadbir o'tkazildi.  

 

Tadbir Oʼzbekiston Respublikasi davlat madhiyasi ijrosida boshlandi. So‘ng O‘zXIA o‘quv ishlar bo‘yicha prorektori va O‘zXIA akademik litseyi direktori  I.Usmonov so‘zga chiqib, akademik litseyga qabul qilingan o'quvchilarni ya'ngi o'quv yili bilan tabrikladi va o'quv jaroyoni bilan tanishtirdi.  Shundan so‘ng, Akademik litsey direktorining yoshlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari N.Ibragimov so‘zga chiqib, o‘quvchilar va ularning ota-onalarini yangi o‘quv yili bilan tabriklab, 1- kurs o‘quvchilarini akademik liseyga qabul qilish bo‘yicha buyruqni o‘qib eshittirdi.
Tadbir davomida Akademik lisey direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari S.Muxitdinova so‘zga chiqib, dars jarayonlari va mashg‘ulotlar to‘g‘risida qisqacha ma’lumot berib o‘tdi.
Shundan so‘ng, akademik litsey ota-onalar kengashi raisi G.Uzaqova so‘zga chiqib yig‘ilganlarni ya`ngi o‘quv yili bilan tabrikladi va kelgusida muvaffaqiyatlar tiladi.

 


Yig‘ilish so‘ngida I.Usmonov so‘zga chiqib, 1-kursga qabul qilingan o‘quvchilarni yana bir bor tabriklab, o‘quv mashg‘ulotlariga yubordi va o‘quvchilarning ota-onalari tomonidan berilgan savollariga atroflicha javob berdi.

Izoh qoldirish

Izohlar