19.08.2021

Akademik litsey abituriyentlarining saralash diktanti natijalari e'lon qilindi

E’tirof etish kerak, har tomonlama bilimli yosh avlodni tarbiyalash davlatimiz tomonidan olib borilayotgan ustuvor maqsadlardan biri hisoblanadi. Shu bois, yoshlar hayotida umumta’lim maktabi hamda oliy o‘quv yurti o‘rtasida tayanch vazifasini o‘tovchi, akademik litseylarga salohiyatli, bilimli o‘g‘il-qizlarni jalb qilishga alohida e’tibor berilmoqda.

Shu maqsadda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Akademik litseyiga qabul bo‘yicha saralash diktanti o‘tkazildi. Ta’kidlash kerak, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi akademik litseyiga joriy yilda hujjat topshirgan abituriyentlar soni 1 ming 132 nafarni tashkil etdi. Bu esa o‘qish uchun talab oshib borayotgani, o‘g‘il-qizlar o‘rtasida litsey o‘quvchisi bo‘lish uchun raqobat kuchli ekanligini anglatadi.

Imtihon komissiyasi a’zolari, abituriyentlar hamda ularning ota-onalari ishtirokida saralash diktanti mavzusi tanlandi. Imtihon jarayonini kuzatish va baholash uchun professor-o‘qituvchilar jalb etildi. Har bir imtihon nazoratchisi shaffoflikni ta’minlash va eng munosib yoshlarni saralash oliy mezon ekanligini anglab, o‘z ishiga sidqidildan yondashdi. Jarayonlarning adolatli va xolis o‘tayotganini o‘quvchilarning ota-onalari hamda Akademiya Jamoatchilik kengashi vakillari kuzatib borishdi.

O‘quvchilar soni ko‘pligi hamda yurtimizdagi karantin talablariga amal qilish uchun saralash diktanti 17-18-avgust kunlari ikki smena davomida tashkil etildi.

Eslatib o‘tamiz, abituriyentlar saralash diktanti javoblarini Akademik litseyning rasmiy litsey.iiau.uz sayti orqali bilib olishlari mumkin. 

DASTLABKI IMTIHON NATIJALARI e'lon qilindi.

 

O‘zbekiston xalqaro islom akademik litsey 

Matbuot xizmati

 

Izoh qoldirish

Izohlar